Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda videoselektordagi topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi
14:38 / 2022-05-11

Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida Prezidentimiz rasiligida joriy yil 5 may kuni tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektordagi topshiriqlar ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Baxronov boshqardi. Ta’kidlanganidek, joriy yil 1 iyulidan davlat rahbarining tashabbusi bilan yagona vertikal boshqaruv asosida “103” xizmati tashkillashtiriladi. Tez yordam tizimi masofaga qarab butun viloyat bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi. Call-markazda operatorlar bilan birga alohida tibbiyot-maslahat brigadasi faoliyat olib boradi. Tez yordam brigadasi yetib borguniga qadar ularga bemorning ahvoli haqida xabardor qilib turish, oila a’zolariga og‘ir ahvoldagi bemorga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha telefon orqali maslahat beriladi. Yil yakuniga qadar ko‘chalarga nom berish ishlari yakunlanishi, O‘zbekistonning elektron raqamli xaritasini ishga tushishi, barcha shoshilinch xizmatlar bilan integratsiya qilish ishlari amalga oshiriladi. 

2022 – 2025 yillarda tez tibbiy yordam tizimidagi barcha “Damas” va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi. Yangi avtomobillar, jumladan, reanimatsiya mashinalari olib beriladi. Tez yordam transportlari navigatsiya tizimiga ulanib, byudjetdan ajratilayotgan mablag‘ni ochiq-oshkora sarflash tizimi yaratiladi. Iqtisod qilingan mablag‘lari transport parkini yangilashga yo‘naltiriladi. Natijada kelgusi 3 yilda tez tibbiy yordam avtoparki to‘liq yangilanib, chaqiruvlarga yetib borish vaqti 3 barobarga qisqartiriladi. Chaqiruvlarning murakkabligi, dolzarbligi va turiga ko‘ra saralash tizimi joriy etiladi. Call-markazi dispetcherlari shunga qarab shifokor yoki feldsherdan iborat tibbiy brigadalarni yo‘naltiradi. Yangi o‘quv yilidan tibbiyot texnikumlari va kollejlarda feldsherlikka o‘qiyotgan yoshlar bir vaqtning o‘zida haydovchilikka ham o‘rgatiladi. Ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni bemorlar tomonidan xolis baholash orqali tez tibbiy yordam xodimlarini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Faoliyati bemorlar tomonidan yaxshi baholangan brigadalar xodimlari oylik ish haqining 50 foizi miqdorida mukofotlanadi. 

Shuningdek, viloyat Call-markazi tizimiga tez tibbiy yordam xizmati mavjud xususiy klinikalar ham ulaniladi. Kadrlar salohiyati, bilimi va malakasi oshirilishi, tez yordam xodimlarining malakasini oshirish maktabi Respublika tez tibbiy yordam markazi tizimiga o‘tkaziladi. Tuman va shahar shifoxonalaridagi terapiya, pediatriya va xirurgiya yo‘nalishida bir-birini takrorlaydigan rejali va shoshilinch bo‘limlar birlashtiriladi. Bundan buyon boshqa shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga ushbu markazlarda ham bepul yuqori texnologik tekshiruv o‘tkazishga ruxsat beriladi. Yagona vertikal boshqaruv asosida “103” xizmati masofaga qarab butun viloyat bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi. 

Tadbirda tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Prezidentning videoselektorda berilgan topshirig‘i yuzasidan filial oldida turgan vazifalar va yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan ham fikr almashildi. Ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda filial direktori T.Musoyev tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish masalasida amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida axborot berdi.

Zarif Komilov, 
O‘zA muxbiri