Buxoroda “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda turli soha vakillari, harbiy xizmatchilar, ularning oilalari va yoshlar qatnashdi. Tadbir Ichki ishlar, Mudofaa, Madaniyat vazirliklari, O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi hamda Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda marhum va zamondosh shoirlarning vatan, xalq, ona kabi mavzulardagi she’rlari yosh ijodkorlar tomonidan o‘qib eshittirildi. Xalq tanigan shoirlar esa o‘z she’rlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola qildi. San’atkorlar o‘z navbatida yurt mavzusidagi kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etdi.
[gallery-24589]
Mamlakatimizdagi tinch va osoyishta, xavf-xatardan xoli hayot, ijtimoiy barqarorlik, hamjihatlik, to‘kislik va farovonlik, oqibat, o‘zaro mehr va muruvvat muhiti oliy qadriyat ekani yorqin va betakror musiqiy dastur orqali yana bir karra o‘z ifodasini topdi.
Bu aziz va muqaddas Vatan buyuk ajdodlardan avlodlarga merosdir. Shu bois uning taraqqiyoti yo‘lida ozmi, ko‘pmi hissa qo‘shish o‘zini shu yurt farzandiman deb bilgan har bir inson uchun ham qarz, ham farzdir.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.