Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda tamaki mahsulotlarini «qora choy»nomi ostida respublikamiz hududidan olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
15:38 / 2024-09-23

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 17 mlrd. so‘mni tashkil qiladi

O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining «Xo‘jadavlat» temir yo‘l chegara bojxona posti orqali kirib kelgan va respublikamizdan tranzit tarzida o‘tayotgan yuk poyezdi konteynerlaridan biriga hujjatlarga ko‘ra 16 tonnadan ziyod qora choy yuklangan bo‘lishi ko‘rsatilgan. Biroq, mazkur konteynerga choy emas, balki butunlay boshqa tovar – 2 nomdagi 705 500 quti sigaretlar ortilgani fosh bo‘ldi. 

Aniqlanishicha, mahsulotlar qonunchilik talabiga binoan, qabul qiluvchi davlatning aksiz markasi bilan ham tamg‘alanmagan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 17 mlrd. so‘mni tashkil qiladi va hozirda vaqtincha saqlovga olingan.

Holat yuzasidan esa bojxona tekshiruvlari davom etayotgani aytilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: 2024 yil 1-sentyabrdan boshlab O‘zbekiston orqali tamaki mahsulotlarini tranzit qilishda, tashuvchilar bojxona organlarining hisoblariga aksiz solig‘i, QQS va bojxona to‘lovlari miqdorida pul mablag‘larini depozitga qo‘yishlari shart. Depozit sigaretalarning mamlakat tashqarisiga olib chiqilganligi tasdiqlangandan so‘ng qaytariladi.

Sevinch To‘rayeva tayyorladi.