Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda tamagir hokim yordamchisi pora bilan ushlandi
12:25 / 2025-09-16

Buxoro viloyati Peshku tumanida yashovchi tadbirkor mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisining noqonuniy xatti-harakatlari haqida joriy yilning 10 sentyabr kuni ariza bilan murojaat qiladi.

photo_2025-09-15_17-50-26

Unga ko‘ra, hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, hokimiyat zaxirasidagi 7 sotix yer maydonini “K-savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirib, onlayn auksion savdolari orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 6 ming AQSH dollari talab qilgan.  

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi tamagirlik yo‘li bilan 6000 AQSH dollari miqdoridagi “pora”ni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.