Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “TalabaExpo-2025”
17:41 / 2025-09-25

Buxoroda bitiruvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish maqsadida “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Tadbir “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyat hokimligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar yoshlar bandligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgani, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar hamda ko‘rgazmaning ahamiyatiga to‘xtaldi.

Ko‘rgazmada viloyatdagi 9 ta oliy ta’lim tashkilotining 10 ming nafardan ortiq talaba-yoshlari va bitiruvchilari ishtirok etdi. Ularga 100 dan ziyod yirik ish beruvchilar tomonidan 1000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan, amaliyot va stajirovkalar taklif etildi. 

Tadbir dasturiga muvofiq, kun davomida talabalarning Buxoro erkin industrial-iqtisodiy zonasiga tashrifi, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuvi, biznes va startap loyihalar taqdimotlari, shuningdek, imtiyozli kreditlar bo‘yicha maslahatlar tashkil etildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.