Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi
11:01 / 2021-05-12

Bugun oramizda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlatga katta miqdorda zarar yetkazib kelayotganlar ham yo‘q emas.

Aynan shu kabi salbiy illatlarga chek qo‘yish uchun Buxoro viloyati “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan mavjud energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida “Hududgaz Metrologiya” viloyat bo‘limlari hamkorlikda yakka tartibdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan gaz o‘g‘irliklarini aniqlash bo‘yicha doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Asosiy maqsad iste’molchining tabiiy gazdan to‘g‘ri va oqilona foydalanishini ta’minlash va mavjud qonunbuzilish holatlarining oldini olishdir.

2021 yilning dastlabki oyidan boshlab to bugungi kuniga qadar umumiy hisobda 20 ga yaqin aholi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Nazorat tadbirlari davomida ularga bu haqda tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.    

Shofirkon tumani “Paxtaxon” MFYda yashovchi fuqaro R.U. yashash xonadonida o‘zboshimchalik bilan gazdan foydalanish qoidalariga zid ravishda 5 dona qo‘lbola isitish pechi va 1 dona gaz plitasidan gaz hisoblagichsiz, shartnoma tuzmasdan gaz tarmog‘iga ulanib, foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 5 million 219 ming 680 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

G‘ijduvon tuman “Sharq” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro H.M. xonadonida o‘rnatilgan gaz hisoblagich uskunasining nosoz ekanligi, fuqaro esa tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qayta hisob-kitob qilindi. Unga ko‘ra fuqaro tomonidan noqonuniy  foydalanilgan gaz hajmi 4 ming 331 metr kubni tashkil etdi. Gaz ta’minoti tashkilotiga 1 million 645 ming 862 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.  

 

Zarif Komilov, O‘zA