Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda shaxsiy kelishmovchiliklar oqibatida janjal kelib chiqdi
16:07 / 2021-02-04

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 29 yanvar kuni soat 00:20 larda Jondor tuman IIB navbatchilik qismiga tuman tibbiyot birlashmasi navbatchi hamshirasi telefon qilib, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro M.N., 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro D.T., 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro N.N. va 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro D.B.lar tan jarohati olib tuman kasalxonasiga murojaat qilganliklarini bildirgan.

Mazkur xabarnoma Jondor tuman IIB navbatchilik qismida tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shu zahoti mas’ul xodimlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlab yuborilgan.

Aniqlanishicha, 2021 yil 28 yanvar kuni taxminan soat 22 larda viloyat Ekoinspeksiya xodimlari fuqarolar A.H., D.B., Z.B., Sh.S., M.S., M.N., H.H. lar “Niva” rusumli xizmat avtomashinasi va fuqaro D.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinalarda tumandagi Varaxsho cho‘l hududida saksovul o‘simligini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlarni aniqlash bo‘yicha reyd tadbirlarini o‘tkazishgan. Tumanning Laylaktepa massiviga borib turganlarida, tuman o‘rmon xo‘jaligiga tegishli “Niva” rusumli avtomashinada, o‘rmon xo‘jaligi ishchilari F.I., N.X., S.H., S.F., A.M., Z.F. va N.O. lar kelib, viloyat Ekoinspeksiya xodimlari bilan oldindan o‘zaro shaxsiy kelishmovchiliklar oqibatida janjallashgan. Janjal vaqtida bir-birlarini urib, har xil og‘irlik darajasidagi tan jarohatlari yetkazishgan.

Bundan tashqari, janjal vaqtida fuqaro D.B.ning “Lasetti” rusumli avtomashinasining oynalarini sindirib, kuzoviga shikast yetkazib, moddiy zarar keltirilgan.

Hozirgi kunda Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tan jarohati olgan shaxslarning jarohatlari og‘irligi darajasini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Shuningdek, fuqaro D.B. ga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinaga yetkazilgan moddiy zararni aniqlash maqsadida baholash ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilib, fotosuratlarga olingan, janjal ishtirokchilari va guvohlar bilan tegishli tartibda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Zarif KOMILOV, O‘zA