French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “Sarhad Hotel” nomli mehmonxona ish boshladi
15:58 / 2025-06-18

Ko‘hna Buxoroda “Sarhad Hotel” nomli yana bir zamonaviy mehmonxona foydalanishga topshirildi. Mehmonxona shaharning tarixiy markazida, buyuk Ark qal’asidan 200 metr uzoqlikdagi M.Karimov ko‘chasining yo‘l yoqasida joylashgan.

Mehmonxona 3 yulduzli toifadagi servis darajasiga ega bo‘lib, 19 ta xona va 37 ta o‘ringa mo‘ljallangan. Har bir xona zamonaviy talablarga javob beradigan shinamlik va qulayliklar bilan jihozlangan.

Shuningdek, mehmonxona infratuzilmasi yevropacha taomlarga ega 2 ta restoran, biznes uchrashuv va tadbirlar uchun konferensiya zali, bepul avtoturargoh, terassa va dam olish zonalarini o‘z ichiga oladi.

Mehmonlar shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylari bo‘lmish Ark qal’asi, Poyi-Kalon ansambli, Labi Hovuz majmuasiga piyoda bir necha daqiqada yetib borishlari mumkin. Shu bois mehmonxona sayyohlar uchun ham ayni qulay tanlovdir.

Ta’kidlash joizki, bu kabi mehmonxonalarning ochilishi Buxoroning turizm infratuzilmasini boyitish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar sohasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.