Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “Salomatlik marafoni” yakunlandi
13:20 / 2026-02-07

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyatida aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni” doirasida shahar va tumanlarda ommaviy tibbiy tadbirlar o‘tkazildi.

Marafon davomida fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Ko‘riklarda mobil poliklinika va ko‘chma statsionar, rentgen apparati, mobil mammograf hamda ijtimoiy dorixona xizmatlari faoliyat yuritdi. Shuningdek, UTT, EKG, EXO, Xolter, EEG, rentgen, MSKT, MRT va laboratoriya xizmatlarini o‘z ichiga olgan 13 turdagi diagnostik tekshiruvlar o‘tkazildi.

Malakali shifokorlar ishtirokida o‘tgan ko‘riklar natijasida fuqarolarga tibbiy tavsiyalar berildi, zarur hollarda ambulator va statsionar davolanishga yo‘llanmalar rasmiylashtirildi. Ayrim bemorlar yuqori texnologik operatsiyalar uchun koronarografiya tekshiruviga yo‘naltirildi.

[gallery-27533]

Marafon doirasida endoprotezlash, koronarografiya va yurak tomirlariga stentlash kabi yuqori texnologik amaliyotlar ham amalga oshirildi. Shuningdek, maktab hamshiralari uchun “Oila salomatligi maktabi” mashg‘ulotlari o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi tarqatma materiallar aholi o‘rtasida tarqatildi.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA