Munosabat
Kuni kecha Prezidentimiz raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, Buxoro viloyatida ham qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Jumladan, viloyatda 687 ta qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan joriy yilning yanvar-avgust oylarida
1,2 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, joriy yil yakuni bilan 1,8 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish reja qilingan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9SFdaIdg-2o" title="Buxoroda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmogʻi rivojlantiriladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Viloyatdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida qo‘shimcha quvvatlarni yaratish hamda mavjudlarini kengaytirish hisobiga 151,6 million dollarga teng 37 ta loyiha amalga oshirilib, natijada 1,1 mingga yaqin ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan.
Viloyatda 74 ta yirik investitsiya loyihasi doirasida 11,2 trillion so‘mlik qurilish materiallari ishlatilishi aniqlandi. Mazkur loyihalarni amalga oshirishda mahalliy kontent ulushini oshirish maqsadida investorlarga ko‘maklashilib, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari bilan investorlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada 2 trillion so‘mga yaqin miqdordagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlaridan foydalanishga erishiladi.
Importni optimallashtirish maqsadida joriy yilning yanvar-avgust oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida 32 ta loyiha hisobiga 121,2 milliard so‘mlik import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallari ishlab chiqarilib, samaradorlik 9,6 million dollarni tashkil etdi. Oxirgi yillarda viloyatda 50 turdan ortiq import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Bugungi kunda mahsulotlarning 90 foizi Fransiya, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston davlatlariga eksport qilinmoqda.
Botir Zaripov, Buxoro viloyati hokimi. O‘zA