English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda qorako‘lchilik sohasida 8 ta klaster tashkil etildi
15:11 / 2022-03-11

Prezidentimiz tashabbusi bilan Buxoro viloyatidagi 2 ming 355 ming gektar yaylovlar Respublika pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining doimiy egaligiga o‘tkazildi. Natijada viloyatda 8 ta klaster tashkil etildi.

Yaylov maydonlari klasterlarga uzoq muddatli ijara shartnoma asosida berildi. O‘z navbatida  mazkur yerlar klasterlar tomonidan 400 ga yaqin xo‘jalik sub’ektlariga ikkilamchi ijara shartnomasi asosida ajratildi.   

bugungi kunda viloyatda 400 ming boshga yaqin mayda shoxli  mollar boqilmoqda. 

[gallery-6097]

– O‘tgan 2021 yilda jami 5 ta donador (granulali) omuxta yem ishlab chiqarish sexlari ishga tushirildi, – deydi Buxoro qorako‘li uyushmasi raisi o‘rinbosari Otabek Ostonov. – Jumladan, Jondor tumanida Amir Temur MCHJ klasteri tomonidan yillik quvvati 500 tonnali granulali yem ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. Shuningdek, yiliga 1000 bosh qo‘yni bo‘rdoqilash majmuasi ham faoliyat boshladi. Bu esa kuchli ozuqalarga bo‘lgan talabni qondiradi. Ketgan xarajat esa bozor narxidan ancha arzon tushadi.  

bugungi kunda Amir Temur MCHJ klasterida 50 dan ortiq xo‘jalik sub’ektlari tomonidan jami 40 ming boshdan ortiq mayda shoxli mollar boqilmoqda. Joriy yilda granula yem ishlab chiqarish korxonasining xom ashyoga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 50 gektar yerni o‘zlashtirib chorva ozuqasi ekish rejalashtirilgan.  

Zarif Komilov,  
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA