Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda psixologik trening tashkil etildi
11:44 / 2023-08-25

FOTOREPORTAJ

Buxoro shahrining Shodlik mahallasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostidagi  ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari doirasida xotin-qizlar va nuroniy onaxonlar ishtirokida psixologik trening o‘tkazildi.  

Tadbir davomida oilada farzand tarbiyasi va unda ota-onaning roli mavzuiga oid savol-javob hamda ochiq muloqot o‘tkazildi.

[gallery-13249]

Treningda ta’kidlanganidek, farzandning go‘zal xulqli bo‘lib tarbiya topishini faqatgina onaga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri emas. Bu borada otaning ham o‘rni beqiyos. Agar ota solih bo‘lsa, farzandlar ham uning ketidan ergashadi, otaning yaxshiligi farzandlarga kuch-quvvat bo‘ladi.  

Ishtirokchilarning mavzu yuzasidan barcha savollariga mutaxassis batafsil javob qaytardi. Shuningdek, xotin-qizlar o‘z fikr, qarashlarini bayon etdi. Nuroniy onaxonlarning farzand tarbiyasi borasidagi maslahatlari esa yosh onalarga ibrat vazifasini o‘tadi.

 

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA