English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda Prezident maktabi uchun talabgorlar test sinovlarini topshirmoqda
13:45 / 2021-07-26

Joriy o‘quv yilidan boshlab, Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Prezident maktabi faoliyat boshlaydi. Prezident maktabiga dastlabki o‘quv yilida 5-10-sinflarga qabul o‘tkaziladi.

Buxorodagi “Dilkusho” tennis markazida Prezident maktabiga talabgor o‘quvchilar uchun test sinovlari boshlandi.

Dastlabki o‘quv yilida Buxorodagi Prezident maktabiga 5 ming 767 nafar o‘quvchi-yoshning arizalari qabul qilingan.

Viloyat hokimligi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish uchun “Dilkusho” tennis markazida barcha zarur chora-tadbir ko‘rilgan. Natijada bir paytning o‘zida 1 ming 440 nafar o‘quvchini qabul qilish imkoniyati yaratilgan. Majmuada test sinovlarini yuqori darajada adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Ma’lum qilinishicha, dastlabki sinov natijalari avgust oyining o‘rtalarida e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan. Ikkinchi bosqich sinovlari 20 avgustdan 25 avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Zarif Komilov, O‘zA