English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “ Plogging tour ” va “Piknik madaniyati” aksiyasi
10:41 / 2025-06-02

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan “Chiqindisiz tabiat” shiori ostida Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigida “Plogging tour” ekoharakati va “Piknik madaniyati” aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari, volontyorlar hamda ekologiya sohasiga befarq bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etdi. Aksiya davomida ishtirokchilar Jayron pitomnigi atrofidagi hududni turli xil chiqindilardan tozalashdi. Bu orqali nafaqat hududni obodonlashtirishga, balki aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga ham hissa qo‘shildi.

Tadbir doirasida “Piknik madaniyati” ham targ‘ib qilindi. Ishtirokchilar uchun atrof-muhitga zarar yetkazmasdan, toza va ekologik xavfsiz tarzda hordiq chiqarish madaniyati namoyish etildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 

– Mazkur aksiyalardan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq yoshlar orasida ekologik madaniyatni, ekologik xabardorlikni, dam olish va piknik madaniyatini hamda aholi o‘rtasida ekoturizm tushunchasi targ‘ibotini keng amalga oshirishdir, – deydi boshqarma matbuot kotibi Marjona Shukurova.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.