Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Buxoro shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Natijada fuqaro X.I.ga tegishli karton quti xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Ushbu quti ichida Treniya yozuvi bo‘lgan 31 blokka joylangan 17 050 dona pirotexnika vositalari borligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng fuqaro I.Xning yashash xonadonida pirotexnika vositalari bor yoki yo‘qligi so‘ralganda u yashash xonadonidan o‘z ixtiyori bilan 16 blokda ustida “Britanik” yozuvi, 16 blokda ustida “Solovey razoynik” yozuvi bo‘lgan va har birining ustida “7 SHOTS” yozuvi bo‘lgan 6 dona salyutlar taqdim qildi. Tadbir yakunida fuqarodan jami 27 ming 802 dona pirotexnika vositalari hamda 6 dona salyutlar vaqtincha saqlovga olindi. Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1851-moddasida hamda Jinoyat kodeksining 2501-moddasida pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik va jazo choralari belgilanib, unda pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, mamlakatimizga olib kirish, tashish, saqlash va sotish taqiqlangan.
Zarif Komilov, O‘zA