French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda OʼzLiDePning bog‘i tashkil etildi
18:58 / 2021-12-02

«Ko‘hna va boqiy Buxoro» majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan «Yashil makon» loyihasi doirasida «Dolzarb 40 kunlik» aksiyasi o‘tkazildi. Aksiyada partiyaning viloyat Kengashi raisi boshchiligidagi xodimlar, deputatlar, partiya faollari va yoshlar qatnashdi.

Aksiya doirasida faollar 300 tadan ortiq manzarali daraxtlar o‘tqazildi. OʼzLiDePning bog‘i tashkil etildi.

– Majmuadan partiyamiz uchun maxsus joy ajratilgan bo‘lib, jamoamiz bilan birgalikda mazkur hududda «Partiya bog‘ini» tashkil etishni maqsad qilganmiz, – deydi viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Farmon Aminov. 

– Bugun ilk qadamlarni tashladik. Hozircha manzarali daraxtlar ekkan bo‘lsak, mavsum boshlanishi bilan mevali daraxt nihollarini ham yerga qadaymiz. 

Ularni doimiy ravishda parvarishlash va sug‘orish ishlari uchun ham mas’ul belgilaganmiz. Zero, maqsad faqat aksiyada faol ishtirok etish emas, balki bog‘ barpo etish va bu orqali yurtimiz obodligiga hissa qo‘shishdir.

Bu kabi nihol ekish ishlari partiya xodimlari, deputatlar va faollar tomonidan izchil ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA