Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda o‘zini o‘zi band qilganlar 77 ming nafardan oshdi
17:09 / 2022-02-25

Prezidentimizning 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida joylarda o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar safi kengaymoqda. Qaror qabul qilingan kundan boshlab Buxoroda o‘zini-o‘zi band qilganlar soni 77 ming nafardan oshdi.

Birgina 2022 yil boshidan shu kunga qadar 8 ming 592 nafar fuqaro soliq mobil ilovasi orqali bepul ro‘yxatdan o‘tgan. Buxoro viloyat davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, yo‘nalishlar kesimida tahlil qilinganda ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda 863 nafar, sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda 1 ming 6 nafar, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda 4 ming 461 nafar, axborot kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlarga 138 nafar, maishiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha 1 ming 759 nafar hamda xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha 365 nafar fuqarolar joriy yil boshidan shu kunga qadar o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.  

Zarif Komilov,  O‘zA