Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish xalqaro forumi ish boshladi
11:08 / 2022-05-26

Davlatimiz rahbarining ishtirokchilarga yo‘llagan murojaatini Prezident maslahatchisi Ravshan G‘ulomov o‘qib eshittirdi.

Forumda xalqaro moliya institutlari vakillari bilan bir qatorda davlat idoralarining mutaxassislari, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi, yashil iqtisodiyot sohalarida yuqori  tajribaga ega xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Forum doirasida “O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi uchun eng samarali xalqaro tajriba”, “Yashil va barqaror rivojlanish”, “O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyotini qayta ko‘rib chiqish: orttirilgan tajribalardan xulosa chiqarish”, “Inson kapitalini rivojlantirish va inklyuziv o‘sish” mavzulari muhokama qilinadi.

[gallery-7279]

Kambag‘allikni qisqartirish, insonlar yashash darajasi va hayot farovonligini oshirish har bir davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Prezidentimiz ham BMT Bosh Assambleyasining 75 va 76-sessiyalarida qilgan murojaatida, ayniqsa, pandemiya davrida va undan keyin kambag‘allikka qarshi kurashda global sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini alohida ta’kidlagan edi. 2020 yil boshida Prezident kambag‘allikni qisqartirish masalasini davlat siyosatining asosiy vazifasi sifatida belgilab berdi. 

Forum kambag‘allikni qisqartirish, insonlar yashash darajasini yanada yaxshilash, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yuzasidan mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalarni dunyo va mintaqa ekspertlari bilan birgalikda muhokama qilish hamda fikr almashish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA