Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “Oilaviy bolalar uyi” yana bittaga ko‘paydi
18:05 / 2021-12-06

Buxoro shahrida yashovchi Sobir Ochilov va Feruza Husanova savobli ishga qo‘l urdi. Ya’ni, Ochilovlar oilasi Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyidan 6 nafar bolani asrab oldi. “Oilaviy bolalar uyi” ni tashkil etdi.

“Oilaviy bolalar uyi” ning tantanali ochilish marosimida hokimlik mas’ullari, Respublika Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, «Mehribonlik uyi» ma’muriyati, nuroniylar va jamoatchilik vakillari qatnashdi. 

–Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan 6 nafar bolani asrab oldik, – deydi oilaviy mehribonlik uyi sohibasiga aylangan Feruza Husanova.– Ularning yashashlari uchun barcha talablarga javob beradigan xonalarni tayyorladik. Maqsadimiz ularni risoladagidek ta’lim-tarbiya berib, kamolga yetkazish.

Buxoro viloyatida shu kunga qadar 16 nafar o‘g‘il-qiz o‘z oilasiga qaytarildi. 55 nafar tarbiyalanuvchilar ota-ona mehriga va oila muhitidagi sharoitga ega bo‘ldi.

 

Zarif Komilov, O‘zA