English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda o‘smirlar o‘rtasida boks musobaqasi o‘tkazildi
15:30 / 2016-09-21

Buxoroda 1998-1999-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Buxoroda 1998-1999-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizda Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan boksni yanada ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni kashf etish va shu orqali mamlakat o‘smirlar terma jamoasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 200 dan ziyod sportchi o‘zaro bahslashdi.

Musobaqada o‘n bir vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi.

Buxoro viloyatidan Behruz Ochilov, Mironshoh Mavlonov, Alisher Do‘stov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Toshkent viloyatidan Asadbek Malikov, Sherzod Parpiyev, jizzaxlik Fozil Abdumurodov, Andijon viloyatidan Islom Yunusov, poytaxtlik Behruz Rahmonov, xorazmlik Egamberdi Qurbonov, Farg‘ona viloyati vakili Jamshid Abdullayev va namanganlik Rahmatulla Qo‘ziyev ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.