Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “Mahalla yettiligi bog‘i”
13:56 / 2026-01-06

Buxoro viloyati Jondor tumani hokimligi tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Mahalla yettiligi bog‘i”ni barpo etishga kirishildi. Bu ezgu tashabbus hududni yanada obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi orasida “yashil madaniyat”ni rivojlantirishga qaratilgan.

Hozirda ikki gektar maydonga ega bog‘ hududida ikki ming tupdan ortiq mevali ko‘chatlar o‘tqazildi. Ekilgan ko‘chatlar kelgusida nafaqat atrof-muhitni ko‘rkamlashtiradi, yashillashtiradi, balki mahalla aholisi uchun fayz va baraka manbaiga aylanadi.

 Mazkur ko‘chat o‘tqazish, bog‘ yaratishdek xayrli ishda tuman hokimligi, hududdagi korxona-tashkilotlar rahbarlari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir jarayonida hamjihatlik, bir maqsad sari intilish va tabiatga bo‘lgan mas’uliyat tuyg‘usi yaqqol namoyon bo‘ldi.

“Mahalla yettiligi bog‘i” kelgusida “Demun” mahalla fuqarolar yig‘inining ko‘rkam va fayzli maskanlaridan biriga aylanib, aholining emin-erkin hordiq chiqarishi, yosh avlodda tabiatga mehr tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.