Buxoroda “Mahalla - mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad- yoshlar o‘rtasida tarixiy xotira, yuksak ma’naviyat, o‘zbek xalqining tarixiy an’analari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz mustaqilligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga o‘z hissasini ko‘shish kabi fazilatlarni shakllantirish. Shuningdek, ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash uchun avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirishga yunaltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorlikni oshirishdan iborat.

Mazkur tanlovda viloyatning shahar va tumanlaridan jami 13 ta jamoa mahallalarda istiqomat qiluvchi, umumta’lim maktablarining 9-, 10-, 11- sinfida ta’lim olayotgan 4 nafar o‘quvchidan iborat tarkibdagi jamoalar qatnashdi. Tanlov nizomiga ko‘ra ishtirokchi jamoalar 4 shart asosida o‘zaro bellashishdi.
Tanlovning “Mahalla-mening takdirimda” deb nomlangan 1-shartida ishtirokchilar 5 daqiqa ichida o‘z mahallalari haqida, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol bo‘lib voyaga yetishlarida maallaning o‘rni, “Oila-maxalla-maktab” hamkorligining ahamiyati to‘g‘risidagi takdimotni slaydlar asosida namoyish etishdi.

Tanlov ishtirokchilari 2-shartda mahalla faoliyati, yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol etib tarbiyalash “Oila-maxalla-maktab” hamkorligi mexanizmini kuchaytirish, sohaga tegishli normativ-xuquqiy hujjatlar hamda ma’naviyatga oid savollarga javob berishdi.
Tanlovning 3-shartida “Mahalla - mening taqdirimda” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning 4-sharti “Mahallamiz iftixori” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Ushbu shartda ishtirokchilardan o‘zlari yashayotgan mahalla xududida istiqomat qilayotgan, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, o‘z hayotiy tajribasi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lishga arzigulik vatandoshlarimiz hayoti va faoliyatiga doir takdimotlar o‘tkazishdi.
Tanlov natijasiga ko‘ra, Jondor tumanining Jondor MFY “Zukko yoshlar” jamoasi 1- o‘ringa loyiq dep topildi.

Hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra, Peshko‘ tumaning Kamolon MFY “Peshko‘ yoshlari” jamoasi 2-o‘rin hamda 2 ta jamoa 3-o‘rinni yani Romitan tumanining “Xosa” MFYning "Ishonch yulduzlari" jamoasi va Kogon shahrining Zirobod MFY “Ilg‘or yoshlar” jamoalari qo‘lga kiritishdi.
Tanlov yakunida g‘oliblar va barcha ishtirokchilar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash viloyat boshqarmasining diplom va tashakkurnomalari hamda qimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Zarif Komilov, O‘zA