French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik avjida
18:16 / 2023-08-18

“Yurtimizda yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumi ortiqcha talafotlarsiz o‘tishi kerak”. Davlatimiz rahbari 10-11 avgust kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida tegishli vazirlik va idoralarga shunday ko‘rsatma bergan edi.

Yoqilg‘i-energetika, umuman, elektr, issiqlik, gaz va suv bilan uzluksiz ta’minlash borasida barcha tuzilma va jihozlar to‘liq shay holatga keltirilishi lozim. Shu maqsadda Favqulodda vaziyatlar va Energetika vazirliklari hamkorligida Buxoro viloyatida o‘nlab vazirlik hamda tashkilotlar xodimlari va vositalari jalb etilgan holda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.  

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati viloyat boshqarmasidagi qo‘mondonlik punkti. U yerdagi shartli tahlil markazida qo‘mondonlik va shtab mashqlari ma’lumotlari onlayn videoaloqa orqali muvofiqlashtirildi.  

Mashqlar qoidasiga ko‘ra, texnologik jarayonning buzilishi natijasida avariya sodir bo‘lib, salbiy oqibatlarga olib keldi.

Neft mahsulotlari bo‘lgan sig‘imlarning birida yong‘in chiqdi. Bu esa yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashda uzilishlarga sabab bo‘ldi. Ayni jarayonda darhol favqulodda qutqaruv guruhlari ishga kirishdi. Ko‘rsatmalarga muvofiq barcha harakatlar amalga oshiriladi.  

Ta’mirlash va tiklash jarayoni ham video havola orqali buyruq markazidan muvofiqlashtiriladi. Bir necha daqiqada sig‘imdagi yong‘in bartaraf etildi. Yoqilg‘i-moylash materiallari yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yildi.  

Gazli-Kogon gaz quvurida yoriq hosil bo‘lib, natijada gaz ta’minoti to‘xtatilgan. Darhol tegishli diametrli quvurlar yetkazildi va tezkor ravishda almashtirilib, gaz ta’minoti qayta tiklandi.  

Respublika ishchi guruhi elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan navbatdagi muhim ob’ektlarga yo‘l oldi. Bu shaharning o‘ndan ortiq mahallasini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan “G‘arbiy” podstansiya. Bu yerda baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda harakatlar algoritmi ko‘rsatildi. Bir necha soniya ichida zaxira liniya ulandi. Quvvat tiklandi. Shundan so‘ng, tizimida nosozliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.  

Tadbirlar davomida har bir yo‘nalish mutaxassislar tomonidan puxta o‘rganildi. Ayrim kamchiliklar aniqlandi. Tashkil etilgan yig‘ilishda ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.  

 

Zarif Komilov, O‘zA