Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda koreyalik ishbilarmonlar hamkorligida elektromobillar ishlab chiqariladi
18:51 / 2021-11-08

Buxoro shahridagi “Ideal Lift” MCHJ rahbari Komiljon Qudratov Janubiy Koreyaning SONGUO MOBILITY INNOVATION CO, LTD. kompaniyasi bilan hamkorlikda viloyatda qiymati 1 milliard 210 million dollarga teng bo‘lgan yiliga 30 ming dona elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshiradi.

–Loyihani amalga oshirish natijasida 450 nafardan ziyod ishsiz aholi bandligi ta’minlanadi, – deydi “Ideal Lift” MCHJ rahbari Komiljon Qudratov. – Bu loyiha tashqi bozorda respublikaning milliy manfaatlarini himoya qilish, o‘zbek iste’molchilarining manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Janubiy Koreyaning SONGUO MOBILITY INNOVATION CO., LTD. yetakchi kompaniyasi hamda Buxoro shahridagi “Ideal Lift” MCHJ tomonidan ikki tomonlama, shuningdek, loyiha bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshlash to‘g‘risida bitim, jumladan yuqori texnologiyali uskunalarni yetkazib berish, loyihalashtirish, montaj jarayoni davomida nazorat qilish va elektromobillar ishlab chiqarish nazarda tutilgan shartnoma imzolandi.

Zarif Komilov, O‘zA