FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida o‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, eng faol kitobxonlarni taqdirlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi.
Festivalda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Bolalar kutubxonasi, kitobsevar o‘quvchilar, ota-onalar hamda kutubxonachilar ishtirok etdi.
[gallery-24919]
“Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kutubxonachi”, “Zamonaviy maktabning namunali kutubxonasi, “Eng faol kitobxon o‘qituvchi”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Eng kitobxon oila”, “Ijodkor bolalar” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 24 ming nafarga yaqin o‘quvchi qatnashdi.
Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA