Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda
16:24 / 2020-08-10

Yuqoridagi muassasalar, tadbirkorlik subyektlari va majmualar faoliyatini yoʻlga qoʻyishda belgilangan shartlarga amal qilinishi kerak.


Buxoro viloyatida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha viloyat komissiyasining xabariga koʻra, viloyatda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda.

Bugun sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi shahar va tumanlar boʻlimlarining xulosasi hamda sektor rahbarlari bilan kelishilgandan soʻng hokimlarning kafolat xatlari asosida viloyat hududida umumiy ovqatlanish shoxobchalari (restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi), mehmonxonalar, individual shugʻullanish uchun trenajyor zallar, nodavlat taʼlim markazlari, toʻgaraklar (10 kishidan koʻp boʻlmagan guruh tashkil etib, mashgʻulotlar vaqtini oldindan kelishgan holda), nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, buyum, qurilish mollari savdosi va boshqa faoliyat turi bilan shugʻullanadigan bozorlar, sartaroshxona va goʻzallik salonlari faoliyatiga ruxsat berildi.

Yuqoridagi muassasalar, tadbirkorlik subyektlari va majmualar faoliyatini yoʻlga qoʻyishda belgilangan shartlarga amal qilinishi kerak. Aks holda ularga nisbatan qatʼiy choralar koʻriladi.