Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda import qilanayotgan tovarlarning pul ko‘rinishidagi miqdori eksportdan qariyb ikki baravar ko‘p
10:48 / 2020-12-22

Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlar, davlat tomonidan eksportyor korxonalar qo‘llab-quvvatlanganligi natijasida Buxoro viloyatida 2020 yilgi eksport hajmining o‘tgan yilga nisbatan 104,1 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Joriy yilda korxonalarning eksport faoliyatida uzluksizlikni ta’minlash maqsadida 18 ta eksportyorga aylanma mablag‘larni shakllantirish uchun 50,9 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan. Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan eksportyor korxonalarga yana aylanma mablag‘lar uchun 30 milliard so‘mlik kreditlar berishga hujjatlar tayyorlanmoqda.

Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 70 milliard so‘mlik qo‘shilgan qiymat soliqlari tadbirkorlarga qaytarib berilgan.

18 ta korxonaga ishlab chiqarilgan mahsulotlarini eksport qilishlari uchun xorijiy hamkorlarni topishda ko‘maklashilgan.Natijada yil yakunida eksport faoliyatiga yana 50 dan ortiq yangi korxonalar jalb etilgan. 6 turdagi yangi mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan. Keyingi davrda 3 ta yangi, ya’ni Portugaliya, Tayvan va Shveysariya davlatlari bozorlari o‘zlashtirilgan.  

Bugun viloyatda import qilanayotgan tovarlar pul ko‘rinishidagi miqdori eksportdan qariyb ikki baravarga ko‘p. Bu yo‘nalishda viloyatda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalana olinmayapti.  

Zarif Komilov, O‘zA