Buxoroda Ibn Sino jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti, Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat universiteti, O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, MTRK, O‘zbekiston YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasi bilan hamkorlikda “Abu Ali ibn Sino: jahon merosi – O‘zbekiston g‘ururi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy sog‘lomlashtirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, “Abu Ali ibn Sino sog‘lomlashtirish marafoni”, Ibn Sino haykaliga tantanali gullar qo‘yish marosimi va Ibn Sino muzeyida “Abu Ali ibn Sino: Jahon merosi – O‘zbekiston g‘ururi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy anjuman o‘tkazildi va ma’ruzalar tinglanadi.
Kunning ikkinchi yarimida, Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda, Abu Ali ibn Sino shaxsi va ko‘p qirrali boy ilmiy-madaniy merosi, ushbu ulug‘ vatandoshimiz ta’limoti o‘zbek olimlari va mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Matbuot anjumanidan ko‘zlangan maqsadi – O‘zbekiston aholisi, ayniqsa, yoshlarga, ommaviy axborot vositalari orqali Abu Ali ibn Sino to‘g‘risida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni yetkazish, yoshlarni o‘z tarixi va buyuk tarixiy shaxslarga hurmat, o‘z yurtiga sadoqatli, barkamol avlod bo‘lib yetishish va ularda vatanparvarlik hislarini yanada rivojlantirishdan iborat.
[gallery-24808]
Viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham tantanali tadbir tashkil etildi. Unda shifoxona rahbariyati va tibbiyot xodimlari ishtirok etib, buyuk tabibning ibratli hayot yo‘li va o‘lmas merosi haqida so‘z yuritildi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.