Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda ilmiy-amaliy anjuman
09:02 / 2025-10-04

Buxoro davlat universitetida “Sharq falsafasining dolzarb masalalari (qadimgi zamonlardan hozirgacha)” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman Buxoro davlat universiteti, Al-Azhar universiteti (Qohira, Misr), Islom tarixi, san’ati va madaniyati tadqiqot markazi (Turkiya), Rossiyaning Ural Federal universiteti (Rossiya), Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti (Qozog‘iston), O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, Sharq falsafasining jahon miqyosidagi nufuzi, qiyosiy masalalari, bugungi zamonda falsafaning rivojlanish tamoyillari, innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, falsafaning turli fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi doirasida mutaxassislarning tajriba va fikr almashuvini ta’minlashdan  iborat. 

Tadbir davomida Sharq falsafasining qadimgi manbalardan tortib, zamonaviy davrgacha bo‘lgan taraqqiyoti, uning bugungi global muammolarni hal qilishdagi o‘rni, falsafiy tafakkurning ijtimoiy hayotga ta’siri borasida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, anjumanda yosh tadqiqotchilar uchun falsafaning dolzarb masalalarini o‘rganish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha muhim tavsiyalar ham berildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.