French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda ilk bor eko-taksi ish boshlaydi
17:06 / 2023-06-02

Buxoro shahrida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida zamonaviy va dunyo standartlariga mos 29 elektromobillar keltirildi.

Zamonaviy ko‘rinishga ega, jahon standartlariga to‘liq mos keluvchi bunday eko-taksilar faoliyati orqali aholiga hamda mehmonlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifati yanada yaxshilanadi. Haydovchilardan esa maxsus malaka talab etiladi. Ya’ni ingliz va rus tillarini mukammal biladigan, Buxoro tarixi haqidagi bilimlarga ega haydovchilar jalb etiladi. 3-chorak yakunida esa eko-taksi xizmati uchun yana 50 elektromobillar Buxoro shahriga keltiriladi.  

Eko-taksilar 10 iyundan shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi.

Zarif Komilov, O‘zA