French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda III Naqshbandiya turizm festivali boshlandi
10:29 / 2023-02-26

III Naqshbandiya turizm festivali ishtirokchilari dastlab Buxoro bo‘ylab sayohat qildi.

Festival doirasida Buxoroga tashrif buyurgan xorijiy mamlakatlarning islom dini ulamolari va “Naqshbandiya” tariqati namoyondalaridan iborat delegatsiya a’zolari shahardagi Poyi Kalon ansambli, Mir Arab madrasasi, savdo toqlari, Labi hovuz kabi madaniy meros ob’ektlarini tomosha qildi.  

[gallery-10711]

Festivalning ikkinchi kuni Yetti Pir qadamjolari bo‘ylab ziyorat amallarini bajarishdan iborat bo‘ladi.  

Ma’lumot uchun, mazkur festival Malayziyadagi “Jahon so‘fiylar markazi” tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.  

Unda Indoneziya, Bangladesh, Malayziya, Fransiya, Xitoy va Rossiya kabi davlatlardan tashrif buyurgan 100 ga yaqin diniy ulamolar ishtirok etmoqda.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), UzA