Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda ichki ishlar organlari tomonidan 563 ta holatda xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtirib berilgan
16:59 / 2020-11-15

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tashabbusi bilan “Gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, ichki ishlar, bandlik boshqarmalari boshliqlari, oliy o‘quv yurtlari rahbarlari, faol ayollar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar qatnashdi.  

Matbuot anjumanida viloyatda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar doirasida belgilangan chora-tadbirlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, blogerlar va keng jamoatchilikka axborot berildi.

Ta’kidlanishicha, viloyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi hamda davlat boshqaruvida ishtirokini oshirish maqsadida 4 mingdan ziyod faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirilgan. Hozirgi kunda ularni turli rahbarlik lavozimlariga tayyorlash bo‘yicha tizimli o‘quvlar tashkil etilmoqda. 1 nafar ayol ichki ishlar boshqarmasi tizimida, 1 nafar ayol hokim lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2000 dan ortiq xotin-qizlar turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. 

bugungi kunda viloyatda 24 nafar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, 38 nafar “Mahalla iftixori”, 30 nafar “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan ayollar turli sohalarda faoliyat ko‘rsatishmoqda. Faol xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida “Ayollar klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

2019 yil dekabr oyida Parlamentga va mahalliy Kengashlarga o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra viloyatda Oliy Majlis hamda mahalliy kengashlarga 117 nafar ayollar deputatlikka saylangan. Shundan, 3 nafari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, 19 nafari viloyat, 98 nafar ayol shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashiga saylangan.

Viloyatdagi rahbar ayollar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari va boshqa davlat mukofotlari bilan taqdirlangan faol xotin-qizlardan iborat ishchi guruhlar tashkil etilgan. Tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 800 dan ortiq oilalardagi 951 nafar xotin-qizlar bilan jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.  

Viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, karantin davrida bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida maktabgacha ta’lim massasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Buvijonim liboslari” ko‘rik-tanlovi hamda umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim tizimi talaba-qizlari o‘rtasida “Men o‘zbek qiziman” mavzusida onlayn ko‘rik-tanlovlar tashkil etilgan. Koronavirus pandemiyasi davrida karantin qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda ota-onalarni huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan 91 ta, ularning ma’naviy-axloqiy, psixologik bilim bo‘yicha 56 ta, tibbiy bilimlarini oshirishga qaratilgan 88 ta mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.

Viloyatda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan 24 nafar xotin-qizlarning har biriga 10 tadan iqtidorli hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka moyilligi bo‘lgan qizlar biriktirilgan. Ular bilan muntazam tizimli ishlar olib borish yo‘lga qo‘yilgan.  

Hozirgi vaqtga qadar ichki ishlar organlari tomonidan 563 ta  holatda xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtirib berilgan. Hududlar kesimida himoya orderi so‘rab qilingan murojaatlarning eng ko‘pi Buxoro shahrida 118 ta, eng kam murojaat Qorako‘l tumanida 11 ta kayd etilgan.  

-Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 303 tasi ruhiy, 195 tasi esa jismoniy, 54 tasi tazyiq 7 tasi iqtisodiy, 4 tasi jinsiy zo‘ravonlikdan iborat, – deydi viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik  Dilfuza Sharopova.

Viloyatda 6 ta zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur markazlarga joriy yilning o‘tgan davrida 410 nafar oilada zo‘ravonlikka uchragan fuqarolar murojaat qilgan. Shundan 374 nafar xotin-qizlar, 8 nafar erkaklarni tashkil qiladi. Markazlarga murojaat qilgan fuqarolarning 69 nafariga huquqiy, 188 nafariga psixologik, 6 nafariga tibbiy, 2 nafariga himoya orderi, 89 nafariga moddiy  yordam ko‘rsatilgan. 3 nafari kasbga yo‘naltirilgan. 

 Markazlar huzuridagi shelterga 20 nafar, shu jumladan 2 nafar erkak, 12 nafar ayol, 6 nafari bolalar joylashtirilgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 402-sonli qaroriga asosan viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan 836 nafar xotin-qizlarga davlat grantiga ega bo‘lish uchun tavsiyanomalar berilgan. Ularning 24 nafari oliy o‘quv yurtlariga  qabul qilindi.

Viloyatda 442 nafar og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar ro‘yxatga olingan.  Shundan 107 nafari nogironligi bor, 161 nafari kam ta’minlangan oilalar hisoblanadi.  Og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan xotin-qizlarga 2018 yilda 193 ta, 2019 yilda 88 ta uy-joylarning boshlang‘ich to‘lovlari to‘lab berilgan. 

Joriy yilda 108 nafar og‘ir vaziyatdagi xotin-qizlarni uy-joy bilan taminlash maqsadida ro‘yxatlari shakllantirilgan. Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamkorligida viloyatdagi 588 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga 1 mln.so‘mdan bir martalik moddiy yordam  hamda 365 nafariga   maishiy texnika jihozlari berilgan. Joriy yil davomida 225 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari va boshqa reabilitatsiya vositalari tarqatilgan.  

Viloyat hokimligi tomonidan “Buxoro viloyatida 2020 yilda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollar, ayniqsa yosh xotin-qizlar bandligini ta’minlash dasturi” ishlab chiqilgan bo‘lib, ijroga yo‘naltirildi.  Mazkur dasturga ko‘ra joriy yilning o‘tgan davri davomida og‘ir turmush sharoitida yashovchi xotin-qizlarning 107 nafari (49,5%) ish bilan ta’minlangan. 

Shundan, 30 nafari mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga, 2 nafari kvotalangan ish o‘rinlariga, 68 nafari jamoat ishlariga, 1 nafari subsidiya ajratish hisobiga 6 nafari boshqa yo‘nalishlarga band qilingan.  

Joriy yilning o‘tgan davri davomida viloyatda tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari  orqali Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 20617,6 ming.so‘m miqdorida subsidiyalar berilgan. 529 nafar ishsiz ayollarning bandligi ta’minlangan.  

“Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” tomonidan 1 ming 331 nafar xotin-qizlar kasb va hunarga o‘qitilgan. Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi hisobidan 6 mlrd. 136 mln.so‘m pul ajratilgan bo‘lib, xotin-qizlarning 75 ta oyihasiga 2 mlrd 299 mln.so‘m resurslar ajratilgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Abera Husenova, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Yo‘ldosh Jumayev qatnashgan matbuot anjumanida tadbir tashkilotchilari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.

Zarif Komilov, O‘zA