Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda hayit namozi o‘qildi
08:17 / 2023-06-28

Buxoro viloyatida ham Prezidentimizning 2023 yil 19 iyundagi “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida muborak hayit bayrami yuksak saviyada nishonlanmoqda.

Yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlar qatori buxoroliklar ham erta tongda viloyatdagi 102 ta jome masjidida hayit namozini o‘qishdi. Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, ruhiy poklanish oyi hisoblangan ushbu qutlug‘ kunlarda buxorolik ulamolar, imom-xatiblar, muhtaram faxriylar, mahalla oqsoqollari va faollari tomonidan yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida duolar qilindi.

Hayit bayrami arafasida “Vaqf” xayriya fondi, shuningdek, tashabbuskor homiylar tomonidan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylariga yordam ko‘rsatildi. “Muruvvat” uylarida xayriya tadbirlari amalga oshirildi.

Shuningdek, muqaddas qadamjo hamda qabristonlar obodonlashtirildi.

Zarif Komilov,  

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA