Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda ham masjidlar faoliyati tiklanmoqda
12:07 / 2020-06-08

Bugun Buxoro viloyatining “yashil” hududida joylashgan 70 dan ortiq masjidlarda bomdod namozi ado etildi.


Bugun Buxoro viloyatining “yashil” hududida joylashgan 70 dan ortiq masjidlarda bomdod namozi ado etildi.

Viloyatning “yashil” toifadagi tumanlarida karantin davrida faoliyat olib borish uchun sanitariya normalari asosida tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan edi. Masjidlar maxsus dezinfeksiya vositalari, pirometrlar bilan taʼminlandi.

Masjidlarda kunlik 5 vaqt farz namozlari ijtimoiy masofani saqlangan xolda oʻqilishi taʼkidlanmoqda. Joylarda fuqarolar orasidagi masofa 1,5-2 metr etib belgilangan holda (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratilgan holda) ado etilishi oʻqtirilmokda.

Viloyatda 105 ta masjid mavjud. Respublika komissiyasining qarori bilan “qizil” toifaga kiritilgan tumanlarda yaʼni Shofirkon tumanidagi 9 ta, Gʻijduvon tumanidagi 6 ta, Kogon tumanidagi 4 ta masjidlarning faoliyati toʻxtatilgan.

Qolgan masjidlar ham namozxonlar uchun sanitariya-gigiyena qoidalarini yaratishi bilan birin-ketin ochilishiga ruxsat beriladi.