Mamlakatimizga sayyohlar oqimining oshib borayotganligi munosabati bilan hududlardagi ob’ektlar va avtomagistrallar bo‘ylarida zamon talablariga to‘liq javob beradigan va imkoniyati cheklangan shaxslar foydalanishi uchun imkoniyat yaratilgan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2020 yildan boshlab har yili aholi va turistlarga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida hududlardagi «Eng yaxshi AGTKSH», «Eng yaxshi AGQSH» va «Eng yaxshi AYOQSH»larni aniqlash va ularga qimmatbaho sovg‘alar bilan birgalikda “Quality service” sertifikati berish ham yo‘lga qo‘yildi.
Shu munosabat bilan Respublika va hududiy ishchi guruh a’zolari 2020 yil 19-20 noyabr kunlari Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida 21 ga yaqin avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasiga bevosita tashrif buyurib, ularning 5 tasida qaror talablari bajarilmaganligi uchun faoliyatini qisqa muddatga to‘xtatish choralari ko‘rildi.
Buxoro shahridagi “Sahid Zarafshon” mehmonxonasining majlislar zalida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Hayitova boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoroga 2 kunlik rasmiy tashrifi nihoyasida «Eng yaxshi AGTKSH», «Eng yaxshi AGQSH», «Eng yaxshi AYOQSH»larni aniqlash va taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Buxoro shahri, Alpomish ko‘chasida joylashgan “GRAND GAZ SERVICE” MCHJ AYOQSH (avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasi), Qorovulbozor tumani A-380 avtomagistral yo‘l yoqasida joylashgan “Buxoro-2500” MCHJ AGQSH (avtomobillarga gaz quyish stansiyasi), Romitan tumani «Marziya» MFY A-380 avtomagistral yo‘l yoqasida joylashgan“ROMITAN SARBON YOʼL QURILISH” MCHJ AGTKSH (avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasi)lar eng namunali yoqilg‘i quyish shoxobchalari sifatida tan olinib, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish
departamenti matbuot xizmati