Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “Eng kitobxon maktab” loyihasi g‘oliblariga avtomashinalar topshirildi
12:26 / 2020-12-18

Buxoroda Kitob markazi – Kitob dunyosi” tarmoq savdo markazlari tomonidan ishlab chiqilgan “Eng kitobxon maktab” loyihasining viloyat bosqichi yakunlandi.

Joriy yilning 7 oktyabridan loyihaga start berilgan edi. Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat Ma’rifat markazi, “Kitob markazi – Kitob dunyosi” tarmoq savdo markazi tomonidan vohaning 533 ta umumta’lim maktablarida o‘tkazildi.

Tanlovda ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 323 ming 800 nafardan ziyod o‘quvchi, ularning ota-onalari va o‘qituvchilari ishtirok etdi. Kitob savdo yarmarkalari doirasida 3 ming turdagi 200 mingdan ortiq kitoblar – bolalar, badiiy va fanlarga oid kitoblar, o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari taqdim etildi.

Loyiha yakunlariga ko‘ra, “ Eng kitobxon maktab” deya topilgan Vobkent tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga “Spark” avtomashinasi taqdim etildi.

“Eng kitobxon tuman” deya e’tirof etilgan Buxoro hamda Vobkent tumani xalq ta’limi bo‘limlariga “Neksiya” avtomashinalari kaliti topshirildi.

“Eng kitobxon tuman” loyihasida 2-va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan G‘ijduvon hamda Qorovulbozor tumani xalq ta’limi bo‘limlari esa konditsioner bilan taqdirlandi.

Tadbirda “Iqtidorli o‘quvchi”, “Eng faol kutubxonachi”, “Faol maktab direktori”, “Eng faol OAV xodimlari” nominatsiyalari g‘oliblariga ham qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov qatnashdi.

Z.Komilov, O‘zA