Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda dunyoning yosh bilimdonlari jam bo‘ldi
15:35 / 2026-01-26

FOTOREPORTAJ

Buxoro davlat universitetida ilm-fan sohasidagi nufuzli tadbirlar — “Bukhara International Chemistry Olympiad (BICHO-2026)” hamda “Bukhara International Mathematics Olympiad (BIMO-2026)” xalqaro fan olimpiadalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qadimiy va hamisha navqiron Buxoro zaminida tashkil etilgan ushbu intellektual bellashuvda Rossiya, Turkmaniston, Iordaniya, Pokiston, Ozarbayjon, Hindiston, Xitoy, Tojikiston kabi 10 dan ortiq davlatdan jamoalar ishtirok etmoqda. Jami 100 dan ortiq jamoa, 500 nafardan ziyod iqtidorli o‘g‘il-qiz, shuningdek, xorijiy va respublika oliy ta’lim muassasalari vakillari universitetda jam bo‘lib, o‘z bilim va salohiyatini namoyish etmoqda.

Tadbirda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Abror Jo‘rayev, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi rahbari Abduvali Xoliqov hamda Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Hafiza Ortiqova so‘zga chiqib, Buxoroning asrlar davomida ilm-fan va ma’rifat markazi bo‘lib kelganini, bugun esa ushbu an’analar yangi bosqichga ko‘tarilayotganini alohida ta’kidladi.

[gallery-27306]

Ayni paytda universitetning barcha resurslari olimpiadalarni adolatli va shaffof o‘tkazishga safarbar etilgan. Ushbu xalqaro bilimlar bellashuvi yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA