Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “Dolzarb 30 kun” tadbirlari uyushqoqlikda o‘tkazilmoqda
06:23 / 2023-07-22

Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligining tegishli farmoyishi asosida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

10 iyuldan 10 avgustga qadar davom etadigan “Dolzarb 30 kun” tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha viloyat komissiyasi tarkibi tasdiqlangan bo‘lib, farmoyish doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab berilgan. Bu borada hududdagi qator tashkilot, xususan, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Neftgazinspeksiya” va “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi va ularning hududiy bo‘limlari tomonidan aniq vazifalar bajarilmoqda.  

[gallery-12855]

“Dolzarb 30 kun” doirasida hozirgacha Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va hamkor tashkilotlar bilan “Karvon” savdo kompleksida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan amaliy-taktik mashqlar o‘tkazildi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodining asosiy ishlab chiqarish sexida esa suv bilan o‘chirish va sovutish tizimlarining sozligini tekshirish mashg‘ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, Romitan tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tumandagi bolalar dam olish oromgohida fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi, shuningdek, ovqatdan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borildi. Tadbir doirasida Jondor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan “Yakkatut” don qabul qilish maskanida “Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda ob’ekt rahbariyati va FM tuzilmalarining harakatlari” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, ishtirokchilarga zarur tushuncha va tavsiyalar berildi. “Buxoro ikkilamchi qorametall” MCHJda esa “Ionlashtiruvchi nurlanishning sanksiyalanmagan (egasiz) manbalari topilishi bilan bog‘liq avariyani bartaraf etishda mutasaddi tashkilotlar kuch-vositalarining harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Hududda “Dolzarb 30 kun” tadbirlari davom etmoqda.  

 

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA