Buxoroda davlat idoralari faoliyat ochiqligi buyicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi boshlandi
Ilk marotaba tashkil etilayotgan mazkur xalqaro anjuman Markaziy Osiyo davlatlarining mas’ul davlat idoralari vakillari hamda xalqaro va nodavlat tashkilotlarning yetakchi ekspertlarini qamrab oldi.
Tadbirda, shuningdek, Oliy Majlis Senati Raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T.Norboyeva onlayn video mulokot orqali ishtirok etdi.
Forumda dastlab O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
[gallery-11903]
Forum O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy Kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Forum davom etmokda.
Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA