Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “COVID-19 “ koronavirus infeksiyaga qarshi emlash jarayonlariga tayyorgarlik tadbirlari boshlandi
15:10 / 2021-02-18

Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari hamda har bir tuman-shaharlar bo‘limlari qoshida koronavirusga qarshi emlash jarayonini tizimli tashkillashtirish va boshqarish maqsadida shtablar tuzildi.

Shtablarga tegishli mutaxassislar biriktirildi. Hozirgi kunda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari tomonidan aholini bosqichma-bosqich koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayoniga puxta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.  

– Emlash jarayonida sanitariya qoida va me’yorlari talablari ijrosini ta’minlash maqsadida davolash-profilaktika muassasalarida emlash punktlari yetarli darajada to‘la jihozlangan bo‘lib, har bir emlash punktlarida maxsus guruhlar tashkillashtirildi, – deydi viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Ashur To‘xtayev. – Ular tarkibiga malakali vrach, vaksinator, dublyor hamda registratorlar grafiklari tayyorlandi. Emlash  punktlarining har  birida  shokka  qarshi  yordam dorilari zaxirasi yaratildi.  

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xodimlari tomonidan viloyatdagi har bir davolash-profilaktika muassasalari kesimida emlanishi lozim bo‘lgan aholining ro‘yxati shakllantirilmoqda. Emlash jarayonlarini kamchiliksiz, betalofat o‘tkazish maqsadida tashkillashtirilayotgan tizimli ishlar qatorida shokka qarshi tez yordam ko‘rsatadigan tibbiyot xodimlar ro‘yxati tuzildi. Alohida xonalarda koyka-jihozlar hamda shokka qarshi va boshqa dori-darmonlar zaxirasi ta’minlandi. Hozirgi kunda emlanishi lozim bo‘lgan aholining manzilli  kartografikasi tuzilib, “Xavf osti guruhiga mansub” birinchilardan bo‘lib emlanishi lozim bo‘lgan aholini emlash punktlariga yetkazib olib kelish va manziliga eltib qo‘yish maqsadida har bir maxsus emlash guruhlariga avtotransport biriktirish va ularni yoqilg‘i moy bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining keyingi rejalarida “Xavfsiz immunizapsiyani” tashkil etish jarayonida qatnashadigan vrach, vaksinator va ularning dublyorlari tayyorgarliklarini yanada oshirish uchun seminar treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Zarif Komilov, O‘zA