Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda bokschi qizlar saralandi
11:01 / 2022-08-30

Buxoroda 2004 va 2005 hamda 2006-2007 yillarda tug‘ilgan bokschi qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etgan musobaqalar 28 ta vazn toifasida bo‘lib o‘tdi.

Chempionat davomida shuningdek, O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan yosh hakamlar uchun nazariy va amaliy seminar tashkil etildi. Seminar mashg‘ulotlarini IBA referisi Aleksandr Hamidov hamda tajribali boks mutaxassisi Mirsolih Sagatov olib borishdi.

Seminar mashg‘ulotlarida 35 nafarga yaqin boks hakami va musobaqa rasmiysi bo‘lish istagidagi yosh mutaxassislar qatnashishdi.

O‘zbekiston chempionatining yakuniga ko‘ra, 5 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza, jami 9 ta medalga ega chiqqan Jizzax viloyati jamoasi umum jamoada 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 4 ta oltin, 6 ta kumush, 8 ta bronzani qo‘lga kiritgan Farg‘ona viloyati 2-o‘rinni, 3 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronzali bo‘lgan namanganliklar 3-o‘rindan joy oldi.

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Seminardan muvaffaqiyatli o‘tgan yosh mutaxassislarga sertifikatlar taqdim etildi.


T. Ro‘ziyev, O‘zA