Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida to‘rt yuzga yaqin atlet g‘oliblik uchun kurash olib bordi
14:28 / 2017-09-16

Uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrash bellashuvlarida Umid Abduraimov, Saydali Saidnabiyev, Diyor Mansurjonov, Zebo Jumabekova va Milana Hakimova birinchi o‘rinni egalladi.

Chempionatning turli masofaga yugurish bahslarida Violetta Xan, Odina Husanova, Gulshoda Qosimova, Shohsanam Xurramova, Dilbar Abdulhamidova, Asqar Ko‘chmurodov, Shuhrat Azimov, Mirsaid Qahhorov, Dilshod Boboqulov marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Estafeta bahslarida Farg‘ona viloyatining erkaklar va xotin-qizlar jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

To‘siqlar osha yugurishda Javohir Zokirxo‘jayev, Aziza Rahmatullayeva, Farida Yashinova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 5 kilometrga sportcha yurish bahslarida Jasurbek Ahmedov va Gulmira Qo‘shshayeva barcha raqiblarini ortda qoldirib, g‘alaba qozondi.

Uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrash bellashuvlarida Umid Abduraimov, Saydali Saidnabiyev, Diyor Mansurjonov, Zebo Jumabekova va Milana Hakimova birinchi o‘rinni egalladi.

Bosqon, yadro, disk va nayza uloqtirishda Shohrux Fozilov, Mahmud Qarshiboyev, Yahyo Turg‘unov, Mehrojbek Mamatqulov, Muxlisa Mirzahmedova, Mahliyo Tojaliyeva, Valeriya Madaminova oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning yettikurash bahslarida Zoya Loboda 3424, sakkizkurashda Azamat Taurov 3977 ochko to‘plab, mamlakatimiz chempionligini qo‘lga kiritdi.