English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda bayram shukuhi
10:08 / 2023-12-30

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyatida ham Yangi yilni ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olish uchun katta hozirlik ko‘rildi. Ko‘cha va xiyobonlar, maydon va istirohat bog‘lari bayram libosini kiygan.

Viloyat bosh archasi Buxoro shahri Ibrohim Mo‘minov ko‘chasidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi favvoralar maydonida o‘rnatilgan.

[gallery-15281]

Bayram tadbiri o‘tayotgan maydonda tunu kun navbatchilik tashkil qilingan. Madaniyat va san’at sohasi vakillari tomonidan tayyorlangan qiziqarli konsert dasturi, shou-tomoshalar, ertak qahramonlarining sahna chiqishlari barchaga zavqu shavq bag‘ishlamoqda. Maskanda bolajonlar uchun o‘yin maydonchalari, yangi yil savdo yarmarkalari tashkil etilgan.  

 

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA