Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda bahorgi mavsumda chet ellik sayyohlar tashrifi davom etmoqda
14:21 / 2021-04-23

Turizm sohasi COVID-19 pandemiyasi tufayli juda katta muammoga duch keldi. Pandemiya sabab chet ellik sayyohlarning yurtimizga kelishi to‘xtab qoldi.

Davlat rahbarining tashabbusi bilan koronavirus pandemiyasining turizmga ta’sirini yumshatish, sohani yanada rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Natijada, aprel oyining boshidan boshlangan bu yilgi bahorgi sayyohlik mavsumida Buxoro xalqaro aeroportiga Moskva-Buxoro charter reysi orqali yuz nafardan ortiq Sovkombank – Rossiyaning universal tijorat banki xodimlari sayyohat qilish maqsadida tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Buxoro xalqaro aeroportida karnay-surnay sadolari ostida soha xodimlari kutib oldi.

Rossiyalik sayyohlar 4 kun davomida Buxoroda bo‘ladi. Ko‘hna va boqiy Buxoroning diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishadi. Ko‘p asrli tarixga ega jahonga mashhur Buxoroning me’moriy yodgorliklarini tomosha qiladi.

 

Zarif Komilov, O‘zA