English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “Amir Temur va ma’naviy qadriyatlar” haftaligi o‘tkazildi
15:39 / 2026-03-03

FOTOREPORTAJ

Buxoro shahridagi 23-umumta’lim maktabida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur va ma’naviy qadriyatlar” mavzusida haftalik tashkil etildi.

Haftalik davomida o‘quvchilarga buyuk ajdodimiz hayotining ibratli faoliyati, oliyjanob fazilatlari, adolatparvarligi, fidoyiligi va vatanparvar harakatlari haqida keng ma’lumot berildi.

[gallery-27941]

Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatining o‘rganilishi doirasida turli yo‘nalishlarda bahs-munozaralar, musobaqalar va “Zakovat” intellektual mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, buyuk bobokalonimizning “Temur tuzuklari” risolasi tahlil qilindi va undagi fikr-mulohazalarning barcha davrlar uchun ahamiyati yoshlar ongiga singdirildi.

Milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Amir Temur avlodlari” sport, san’at va madaniyat yo‘nalishidagi tadbirlarda o‘quvchilar ayniqsa faol ishtirok etdi.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA