Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda amaliy seminar o‘tkazildi
13:37 / 2025-04-19

Buxoroda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Osiyo xalqaro universiteti hamkorligida “Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda mamlakatimizning 200 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektorlari va bo‘lim rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda xorijiy talabalarga xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov ochib berdi. Unda, Oliy ta’limni rivojlantirish markazi direktor o‘rinbosari Muzaffar Esonov ishtirok etib, “Study in Uzbekistan” tizimi imkoniyatlari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad xorijiy talabalarni O‘zbekistonda ta’limga jalb etish, milliy ta’lim eksport salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro ta’limda raqobatbardoshlikni erishish va raqamlashtirishni kuchaytirishdir.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.