Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda
15:04 / 2021-02-07

Buxoroda G‘azal mulkining sultoni ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda.

 Ana shunday tadbirlardan biri “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tomonidan Jondor tuman xalq ta’limiga qarashli 5-umumta’lim maktabida “So‘z san’atining gultoji” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Alisher Navoiyning hayoti va ijodini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari o‘quvchilar tomonidan ijro etildi. Shuningdek, bobomiz g‘azallari, ruboiylari, tuyuqlari, fardlari va qit’alari ifodali qilib aytib berildi.

G‘azallar bilan aytilgan qo‘shiqlar va raqslar tadbirga alohida shukuh bag‘ishladi. Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan qiziqishlar o‘quvchilarning Navoiy va Lutfiy o‘rtasidagi suhbatlarida keng namoyon bo‘ldi.

Tadbirni tashkil etgan mas’ullar so‘zga chiqib, yoshlarga g‘azal mulkining sultoni, Mir Alisher Navoiy ijodi va ijod namunalaridan ma’lumotlar berishdi. Yoshlarning yetuk inson bo‘lib tarbiyalanishlarida bobomiz tomonidan qoldirilgan ma’naviy meros haqida alohida to‘xtab o‘tishdi.

”Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tadbirda faol ishtirok etgan bilimga chanqoq o‘quvchilarni va fidoyi ustozlarni tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlashdi.

Zarif Komilov, O‘zA