Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda AI -80 markali avtobenzin 5700 so‘mdan sotilmoqda (+video)
19:56 / 2022-12-16

Qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2022 yil 12 dekabrdagi “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun istisno tariqasida aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llashga ruxsat berildi.  

Joriy yilning 15 dekabr kuni Davlat rahbari raisligida hududlarda energiya ta’minotini yaxshilash, aholi bandligini oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda “AI-80” markali benzin narxini tushirish uchun 1 martgacha joriy etilgan aksiz solig‘idan ozod qilish imtiyozi joylarda “o‘yinga aylanib ketmasligi” kerakligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.  

Bu borada Buxoro viloyatida qanday ishlar amalga oshirilmoqda.  

– Viloyatda 21 ta AYOQSHlar “Buxoro Neftbaza” MCHJga qarashli bo‘lib, Davlat rahbarining qarori asosida Jamiyatga qarashli bo‘lgan AYOQSHlarda yakuniy iste’molchilarga sotilayotgan AI-80 markali avtobenzinning bir litri uchun chakana narxi 6800 so‘mdan 5700 so‘mga tushirishga erishildi,  – deydi “Buxoro Neftbaza” MCHJ rahbari Ilhom Norov. – Iste’molchilarga sotiladigan AI-80 markali avtobenzinning kunlik hajmi 90 ming litrdan 250 ming litrgacha yetdi. Shuningdek, xususiy AYOQSHlarga yetkazib berish hajmi ham 137 tonnadan 340 tonnagacha yetmoqda. Barcha AYOQSHda narxlarning sun’iy o‘sib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayni kunda AI-80 markali avtobenzinning bir litri uchun 5700 so‘m etib belgilangan va shu narxda sotilmoqda.    

Amalga oshirilayotgan bunday chora-tadbirlar natijasida, qish mavsumida iste’molchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirishga erishilmoqda. 

–“Buxoro Neftbaza” MCHJga qarashli 71-sonli AYOQSHga bir kunda 50 ming litr AI-80 markali avtobenzin yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda, – deydi 71-sonli AYOQSH bosh operatori Shuhrat Narziyev. –AYOQSH tomonidan kechayu kunduz iste’molchilarga 40 ming litrdan ortiq AI-80 markali avtobenzin yoqilg‘isi 5700 so‘mdan sotilmoqda.  

– Doimiy mana shu shoxobchadan avtomobilim uchun yoqilg‘i mahsulotlarini xarid qilaman, – deydi haydovchi Rasul Quliyev. – Qish mavsumida iste’molchilarga avtobenzin mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib turibdi. AI-80 rusumli avtobenzin yoqilg‘isini 5700 so‘mdan sotib oldim. Bundan mamnunman.  

– Davlat rahbari tashabbusi bilan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti 1100 so‘mga arzonlashib, 5700 etib belgilandi, –deydi 81 yoshli haydovchi Habibullo Murodov. – Bu biz haydovchilarga yanada qulayliklar yaratmoqda. Suyultirilgan gazga bo‘lgan turna qator navbatlar qisqardi. Haydovchilar arzonlashtirilgan benzin mahsulotini sotib olmoqda. Qish mavsumida iste’molchilar avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanmoqda. Bu hayotdan kim nolisa ko‘r bo‘ladi. Davlat rahbari barcha imkoniyatlarni ishga solib fuqarolar uchun yaxshi sharoitlar yaratib bermoqda. Halol bo‘lsang albatta, uzoq umr ko‘rasan. Bu soha ham albatta, halollikni talab etadi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jlSZAF0sFIs" title="Buxoroda AI -80 markali avtobenzin 5700 so‘mdan sotilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Keyingi manzilimiz Buxoro shahridagi “Muzayam Hikmat” MCHJ ga qarashli xususiy AYOQSH bo‘ldi. Bu yerda ham AI-80 markali avtobenzin yoqilg‘isi 5700 so‘mdan sotilayotganligiga guvoh bo‘ldik. Mazkur shoxobchada bir kunda 15 ming litr AI-80 markali avtobenzin yoqilg‘isi yetkaziladi. Yoqilg‘ining 13-14 ming litri bir kun davomida iste’molchiga sotiladi.  

– “Buxoro Neftbaza” MCHJga qarashli 61-sonli AYOQSH bir kunda 55 ming litr AI-80 markali avtobenzin yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda, – deydi 61-sonli AYOQSH bosh operatori Shuhrat Qayumov. – AYOQSH tomonidan kechayu kunduz iste’molchilarga 50 ming litrdan ortiq AI-80 markali avtobenzin yoqilg‘isi 5700 so‘mdan sotilmoqda.  

“Buxoro Neftbaza” MCHJdan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2022 yil 15 dekabr sanasida kun davomida 1625.5 tonna AI-80 avtobenzin qabul qilingan. Jamiyatga qarashli 17 ta AYOQSHlarga  172,2 tonna, xususiy AYOQSHlarga 292 tonna  AI-80 avtobenzin yetkazib berilgan. AI-80 avtobenzin foydali qoldig‘i 1269 tonnani tashkil etgan.  

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat, video), O‘zA