Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda 5 yulduzli mehmonxonalarning ko‘payishi kutilmoqda
16:36 / 2020-11-23

O‘zbekistonga kelgan mehmonlar mamlakat haqida, albatta, viza olishdan boshlab, o‘z davlatiga qaytib ketgunigacha bo‘lgan jami sharoitlardan, infrastruktura, qulayliklardan, odamlarning munosabatidan kelib chiqib xulosa qiladi.

Mehmonxonalarning qanday darajada qulay, shinam, yaxshi sha

roitga egaligi ham kelgan mehmonlarda mamlakatga nisbatan paydo bo‘ladigan taassurotda, shubhasiz, katta rol o‘ynaydi. Shu sababli mehmonxona qurayotgan tadbirkor binoni o‘zining mulki sifatida qurgani bilan, uning mehmonxonasidagi sharoit qaysidir mehmonning mamlakat haqidagi taassurotiga salbiy ta’sir qilib qo‘ymasligi kerakligini yaxshi tushunishi lozim.

Avvalambor, har bir tadbirkorning mehmonxona qurishidan asosiy maqsadi — nafaqat yulduz darajasini olish,balki mijozlarning roziligini ham olish, mehmonxonaning mijozlar bilan to‘la bo‘lishiga, bir kelgan mehmonning yana takror kelish istagi bilan ketishiga erishishdir.

bugungi kunda Buxoroda qurilayotgan yulduzli mehmonxonalar talaygina.

Buxoro viloyatida 2020 yilda o‘z faoliyatini boshlagan yulduzga ega mehmonxonalar mavjud bo‘lib, bular - 51 xona va 109 o‘ringa mo‘ljallangan uch yulduzli «Turon» mehmonxonasi hamda 150 xona va 300 o‘ringa mo‘ljallangan 4 yulduzli darajaga ega bo‘lish arafasida turgan "Sahid Zarafshon" mehmonxonalaridir (mehmonxona 4 yulduzli darajani olish uchun hujjatlarini taqdim etgan).

Qolaversa, 2021 yilda o‘z faoliyatini boshlash arafasida turgan, jami 7 ta, 450 ta xona,750 ta o‘ringa ega («Sakina Servis» MCHJ, «Buxoro Romish» MCHJ, "Sharq yulduzi muqaddas« MCHJ, Olmachi Tur Servis OK, YATT Haitova Mahtob, »Garden Plaza Bukhara« MCHJ, »Tinchlik" XK) 3 yulduzli, jami 4 ta, 800 xona, 1500 o‘rindan iborat ( “Kinori Ca” MCHJ, "INTERNATIONAL-HOTEL-SERVICES« MCHJ, »Muhabbat xayri saxovati« MCHJ, »Wide tent system" kompaniyasi) tomonidan qurilayotgan 4 yulduzli va 1 ta, 175 xona, 275 o‘ringa mo‘ljallangan (Metric Ventures MCHJ) 5 yulduzli mehmonxonalar qurilib, foydalanishga topshirilish arafasida turibdi.

 

Buxoro viloyati Turizmni 

rivojlantirish departamenti