Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda 5 mingta norasmiy ish o‘rinlari legallashtirildi
10:47 / 2022-07-08

Buxoroda 2022 yilning II -choragida 5 mingta norasmiy ish o‘rinlari legallashtirildi.

Bu haqida viloyat Davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati O‘zAга xabar berdi.   

Viloyatda 2022 yilning II-choragida o‘tkazilgan soliq nazoratlarida barcha soliq to‘lovchilarga mavjud kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha imkoniyat berildi. O‘tkazilgan soliq nazorati natijasida 1 ming 168 ta holatda tadbirkorlik sub’ektlarining xato va kamchiliklari aniqlanib, ixtiyoriy ravishda qayta hisobotlar taqdim etilishiga imkon berildi.  

Pirovardida, tadbirkorlar byudjetga 33,2 milliard so‘mlik soliq to‘lovlarini ixtiyoriy to‘lab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgustdagi 666-sonli “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan joriy yilning II-choragida viloyat bo‘yicha 49 ta bo‘sh turgan ob’ektlar aniqlab, ularga nisbatan 600 million so‘mlik ta’sirchan soliq mexanizmlari qo‘llanildi. 147 ta ob’ektning  faoliyati tiklanishi natijasida 335 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

Zarif Komilov,  O‘zA